Click to listen highlighted text!

Xalqaro imtihon tizimlari bo’yicha yuqori ball (daraja) to’plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to’liq qoplab berish

Xalqaro imtihon tizimlari bo’yicha yuqori ball (daraja) to’plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to’liq qoplab berish

Xizmat nomi O’qish va xalqaro imtihon tizimlari bo’yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berishga ariza yuborish
Xizmat narxi Bepul
Xizmat foydalanuvchilari Imtihon topshirish paytida o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxs (16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan qonuniy vakil)
Xizmat ko‘rsatishning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi “Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 209-son qarori
Xizmat ko‘rsatish muddati 30 kun
Bu qanday ishlaydi ? 1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi; 2. Yoshlar ishlari agentligi 15 kalendar kun davomida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi verifikatsiya orqali aniqlash imkoni bo‘lmasa, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni so‘rab vakolatli xorijiy tashkilotga so‘rov yuboradi; 3. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanganda 15 kun mobaynida maxsus sertifikat egasi bo‘lgan ariza beruvchilarning reyestri shakllantiriladi, reyestrga muvofiq kompensatsiya mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining hisob varag’iga moliyalashtiriladi va xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi; 4. Xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS yuborilgandan so‘ng Xalq banki filiali ariza beruvchining kompensatsiya pulini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlagan holda belgilangan kompensatsiya to‘lovini amalga oshiradi.
Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar Imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi;   Xorijiy til darajasini belgilovchi sertifikat.
Aloqa +998 (71) 209-01-04 (305, 406)
Xizmatdan foydalanish uchun Havola

2026-yil 12-mart holatiga

Skip to content Click to listen highlighted text!