Click to listen highlighted text!

Work and travel xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borish-kelishi bilan bog‘liq xarajatlari uchun ssuda ajratish

Work and travel xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borish-kelishi bilan bog‘liq xarajatlari uchun ssuda ajratish

Xizmat nomi Work and travel xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borish-kelishi bilan bog‘liq xarajatlari uchun ssuda ajratish
Xizmat narxi Bepul
Xizmat ko‘rsatishning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi “Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borish-kelishi bilan bog‘liq xarajatlari uchun ssuda ajratish tartibini joriy etish to‘g‘risida” 290-son qarori.

 

Xizmat ko‘rsatish muddati 15 ish kuni

 

Bu qanday ishlaydi ? Ariza beruvchi Yagona portalda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va xizmatning ma’muriy reglamentiga muvofiq tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda so‘rov yuboradi.

 

Agentligi ilova qilingan hujjatlarning xizmatning ma’muriy reglamentiga muvofiqligini 3 ish kuni ichida tekshiradi.

 

Agentlik boshqarmasi vakili 5 ish kuni ichida arizaga ilova qilingan hujjatlarni solishtirish orqali o‘rganadi. Ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, kafil yoki sug‘urta polisi asosida qarz shartnomasi imzolanadi.

 

Ariza beruvchi 5 ish kunida tasdiqlangan shartnomani (pdf formatda) Yagona portal orqali agentlikka yuboradi.

 

Agentlik 1 ish kuni ichida shaxsiy kabinetiga ssuda ajratilishi haqida elektron shakldagi QR-kodli ma’lumotnoma yuboradi.

Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar 1. Ish beruvchi bilan ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;

 

2. Viza (ishlash va sayohat qilishga ruxsat beradigan hujjat);

 

3. Kafil roziligi yoki sug‘urta polisi.

Aloqa +998 (71) 209-01-04 (307)

 

Xizmatdan foydalanish uchun link havola

 

2026-yil 12-mart holatiga ko’ra

Skip to content Click to listen highlighted text!