Click to listen highlighted text!

Birlashgan o’zar yoxud beruniylik yetakchilar tashabbusi

Bugun mamlakatimizda yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularga bahorgi kayfiyat ulashish maqsadida turli tadbirlar o’tkazilmoqda.

Shu qatori Beruniy tumanida ham “Shabboz” MFY yetakchisi Islamov Dostonbek va “To’qimachi” MFY yetakchisi Aytbayev Sabitlar tashabbusi bilan bahoriy na’munaviy tadbirlar tashkil etildi.

Kun davomida “Sog’lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni, ko’rgazmali chiqishlar, “Yoshlar shaxmat taxtasi”, mini fudbol, voleybol, stol tennisi musobaqalari, “Zakovat” intellektual turniri va yakunlovchi gala-konsert bo’lib o’tdi.

Yetakchilar birlashib, mahallalardagi yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etdi. Tadbirlarda faol qatnashgan, g’olib bo’lgan yoshlar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!