Bo‘ston tekstilda ”Yosh kitobxon”lar aniqlandi
Yoshlar ishlari agentligi Ellikqal’a tuman bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamkorligida tumandagi ”BO‘STON MEFA TEKSTIL” MCHJ da faoliyat yuritayotgan yoshlar orasida ”Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda yoshlar ikkita shart bo‘yicha bellashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin M.Ochilova,
2-o‘rin O‘.Qutimova,
3-o‘rin A.Rahimovga nasib etdi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.