Click to listen highlighted text!

Nukus shahrida “Yoshlar markazi” foydalanishga topshirildi

Keshiresiz, bul tekst tek O’zbekcha tilinde bar. Для вашего удобства, содержание ниже показано на доступном языке. Вы можете нажать на ссылку, чтобы изменить язык всего сайта.

Joriy yilning avgust oyida Nukus shahri “Xalqlar do‘stligi” mahallasidagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yangi “Yoshlar markazi” binosi qurib bitkazildi.
Mazkur markaz qurilishi va jihozlanishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy byudjeti hamda Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda (50/50) moliyalashtirildi. Loyiha umumiy qiymati 5 milliard so‘mni tashkil etadi.


Yangi markaz 2 857 kv.m maydonga ega bo‘lib, uning birinchi qavatida “Book cafe”, “Zakovat” klubi, shashka va shaxmat to‘garaklari, chet tillari, IT va robototexnika bo‘yicha mashg‘ulotlar, turli fanlar yo‘nalishidagi hamda inklyuziv kasbiy ta’lim to‘garaklari, shuningdek, kovorking markazi faoliyat yuritadi. Ikkinchi qavatda esa xodimlar uchun xona va kichik majlislar zali joylashtirilgan.
“Yoshlar markazi” ochilishi arafasida O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limining 2025-yilgi kalendar rejasiga muvofiq 29–30-avgust kunlari “Nukus yozi” nomli shaxmat turniri tashkil etildi.


Musobaqa 7 turdan iborat bo‘lib, unda Qoraqalpog‘istonning 10 ta tuman (shahar)idan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 70 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Turnirda bolalar, erkaklar va ayollar o‘rtasida kuch sinashildi.
Shuningdek, markaz binosida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi kubogi” musobaqasining final bosqichi ham o‘tkazildi. G‘olib va sovrindorlar medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orınbaev qatnashib, yoshlarni tabrikladi hamda yangi markazning faoliyati ularga katta imkoniyatlar ochib berishini ta’kidladi.

Skip to content Click to listen highlighted text!