Click to listen highlighted text!

To’rtko’lliklar “Donorlar kuni”ni sport bilan nishonladi

To’rtko’lliklar “Donorlar kuni”ni sport bilan nishonladi

Bugun “14 iyun Xalqaro Donorlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan sport marafonida tumandagi barcha mahalla va ovullardagi sportchi yoshlar faol qatnashdilar. Musobaqani tuman hokimi o‘rinbosari U.Allabergenov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha yoshlarni sog‘lom turmush tarziga chorladi.
Musobaqa yakunida ommaviy sport bo‘yicha yuqori natijalarni egallab kelayotgan “O‘zbekiston” ovul fuqarolari yig‘inidan ishtirok qilgan qizlar Esma Maratova, Barno Tadjibaeva, Barno Achilova faxrli o‘rinlarni egalladilar.


O‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni «Otayurt» ovul fuqarolari yig‘inidan
Maxremov Suyun, 2-o‘rinni «Tozabog‘yop» ovul fuqarolari yig‘inidan O‘tkir Masharipov va 3-o‘rinni «Oqqamish» ovulidan Dilshod Jumamuratovlar egalladilar. G‘olib va sovrindorlar hokimlikning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Reportyor : Zafarbek Artiqbayev

Skip to content Click to listen highlighted text!