To’rtko’llik bolalar “Lochin” bolalar oromgohida…
To’rtko’llik bolalar “Lochin” bolalar oromgohida…
To’rtko’l tumani ichki ishlar bo‘limining yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektorlari Sho‘raxon ovulidagi “Lochin” bolalar oromgohiga tashrif buyurib, oromgohdagi bolajonlarning mazmunli dam olishlari va xavfsizlik darajalarini nazorat qilish maqsadida u yerda yaratilgan shart-sharoitlari hamda bolalarning to‘garakdagi faoliyatlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda tuman qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan ham ushbu oromgohda inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘rgazmali tadbirlar o‘tkazildi.
Oromgohdagi bolajonlarning mazmunli dam olishlari hamda kelgusidagi hayotlari davomida xavfli va ko‘ngilsiz voqealarga duch kelmasliklari va uning oldini olish maqsadida bolalar bilan birgalikda tadbirlar uyushtirildi.

Shu bilan birgalikda, bolajonlarni bilim olishga bo‘lgan ko‘nikmalarini va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga e’tibor qaratildi.
Reportyor : Zafarbek Artiqbayev
