Click to listen highlighted text!

Amudaryoda IIB va yoshlar uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkazilgan uchrashuvdagi berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Olmazor ovul fuqarolar yigʻinida hududiga qarashli №50-sonli umuta’lim maktabi binosida 30 nafar faol va muammoli yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishni Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlim boshligʻi U.B.Xudayberganov ochib berdi hamda yigʻilganlarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirib oʻtdi. Kun tartibida keltirilgan masala boʻyicha oʻz nutqida mamlakatimizda yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar haqida toʻxtalib, yoshlarni oʻqib bilim olishga, jinoyatchilikga moil boʻlgan yoshlarga sira qoʻshilmaslikga, uni oʻrniga yaxshi ish topib oilasiga qoʻshimcha daromad kelitrishlariga shijoat bilan olgʻa intilishga hamda Vatan xizmatiga yaraydigan munosib farzand boʻlishga da’vat qildi. “Erishgan yutuqlarimiz oʻzimizniki, biz xato va kamchiliklarni oʻrganib, ularni bartaraf qilishga harakat qilmogʻimiz kerak!” – degan fikrni barchamiz hayotiy shior qilib olishimiz kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, bilimga chanqoq, izlanuvchan tumanimiz yoshlari haqida oʻzining samimiy fikr mulohazlarini bildirdi.


Shundan soʻng soʻz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq Qabulxonasi mudiri E.Rajabovga berildi. Ma’ruzachi oʻz soʻzida hozirgi kunda tumanimizda yoshlar, maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasida jinoyatchilikni koʻpayaib borayotganligi hamda ushbu jinoyatchilikni olidini olishga karatilgan mavzular yuzasidan soʻz yuritib oʻtdi.

Biz buyuk ajdodlar farzandi ekanligimizni, har birimiz ilm-fan choʻqqilarini egallab, ularga munosib avlod boʻlishimiz lozimligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida ilm-ma’rifatning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi fikrlariga toʻxtalib, bularning barchasi isbot talab qilmaydigan haqiqat ekanligini e’tirof etdi. Shundan soʻng yigʻilish ishtirokchilari va yoshlarning muammolari va takliflari atroflicha tinglandi.
Soʻzga Oq oltin ovuli fuqarolar yigʻini hududida yashovchi fuqaro Baxtiyorova Shaxrizoda Mansur qizi hamda Yendirova Ma’rifat Nazirbek qizi imtiyozli kredit asosida tikuv mashinasini olib berishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Oq oltin ovuli fuqarolar yigʻini hududida yashovchi fuqaro Rajapov Mamurjon Baxrom oʻgʻli yer ajratishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!