Beruniylik yoshlar “Yashil makon” quradi
“Yoshlar yashil makonni o’z qo’li bilan yaratadi” shiori ostida o’tkazilayotgan “Yashil makon” aksiyasi doirasida Beruniy tumanida ham obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish tadbirlari bo’lib o’tdi.

Aksiya doirasida tumandagi “Yoshlar bog’i” ga yangi manzarali daraxt ko’chatlari o’tqazildi. Shuningdek, oldindan mavjud daraxtlarga ishlov berildi.

Yoshlar ishlari agentligi Beruniy tuman bo’limi tomonidan o’ tkazilgan aksiyada mahallalardagi yoshlar yetakchilari ham faol ishtirok etdi.
