Beruniy yoshlari streetbol bo’yicha bellashdi
Besh tashabbu olimpiyadasi asosida hududlarda turli musobaqa va bellashuvlar tashkil etilmoqda.

Shunday bellashuvlardan biri Beruniy tumanida bo’lib o’tdi. Sportning Streetbol turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqada tuman bo’yicha jami hisobda 1500 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Musobaqaning mahalla bosqichida g’olib bo’lganlar sektor bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
