Click to listen highlighted text!

Ellikqal’ada “Besh tashabbus olimpiadasi”

⚡️Ellikqal’a tumanida Besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalarining mahalla bosqichlari o’tkazilmoqda.

🔸 Joriy yilning 18-aprel kuni Ellikqal’a tumanidagi barcha mahallalarida sportning valeybol turi bo’yicha 16-21 yosh hamda 22-26 yosh doirasida o’g’il va qiz bolalar o’rtasida musobaqalar o’tkazildi.


Shuningdek belgilanga reja asosida yengil atletika, streetbol, street workaut, shaxmat, shashka musobaqalarining mahalla bosqichlari o’tkazilib 8000 dan oriq yoshlar qamrab olindi.
Musobaqaning asosiy maqsadi – mahalla yoshlarida jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni oshirish, jamiyatga sog’lom turmish tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professaional mahorat va ko’nikmalarni rivojlantirish, sport turlari bo’yich mamlakat terma jamoalariga sport zahira tayyorlash, yoshlarni sport mashg’ulotlariga uzluksiz jalb etishdan iborat.

Skip to content Click to listen highlighted text!