Click to listen highlighted text!

“Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi bo’lib o’tdi

Bugungi kunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasbga yo’naltirish maqsadida, Respublikamizdagi maktablar Milliy gvardiyaga biriktirilgan edi.

Shu munosabat bilan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Mintaqaviy o’quv markazida To’rtko’l, Xo’jayli, Chimboy tumanlari va Nukus shahrida joylashgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yo’nalishiga ixtisoslashtirilgan sinf o’quvchilari o’rtasida, “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi bo’lib o’tdi.

Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha Milliy gvardiya boshkarmasi xarbiy xizmatchilari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalk ta’limi vazirligi xuzuridagi ta’lim markazi mutaxassisi A.Taubayev, Qoraqalpog’iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi ommaviy sportni rivojlantirish bo’limi boshlig’i I.Ko’diyarov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Yoshlari ishlari agentligi bo’lim boshlig’i Ye.Serjanov, maktab o’quvchilari va mahalladagi uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha Milliy gvardiya boshqarmasi  ofitseri mayor A.Musinov so’zga chiqib, maktab o’quvchilariga sport musobaqasida omad yor bo’lishini tilab qoldi va sport musobaqasiga start berildi.

Yosh gvardiyachi harbiy-sport musobaqasida maktab o’quvchilari Jamoani tanishtirish, Bilimdonlar bellashuvi, Saf tayyorgarligi, Zaharlangan hududdan o’tish, Qurol aslahalardan foydalanish,  belgilangan masofaga estafeta yugurish, jismoniy mashqlar, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish singari  birqator shartlarda o’zaro kuch sinashdi.

Kun davomida o’tkazilgan musobaqa yakunida g’oliblar aniqlandi.

Tadbir yakunida Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig’i polkovnik M.Yusupov so’zga chiqib, maktab o’quvchilarini erishgan yutuqlari bilan tabriklab, keyingi bosqichlarda ham g’olib bo’lishini tilab tantanali tarzda kubok, diplom va qimmatbaho sovg’alarni maktab o’quvchilarga  topshirdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!