Beruniyda DXX kubogini kim oladi?
Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda sportning mini futbol turi bo’yicha “Davlat xavfsizligi xizmati kubogi” musobaqasining saralash bosqichlari bo’lib o’tmoqda.
Shunday saralash bosqichlaridan biri Beruniy tumani “Bunyodkor” MFY hududidagi sun’iy qoplamali futbol maydonida bo’lib o’tdi.
Ushbu bosqichda 80 ta jamoa ishtirok etgan bo’lib, musobaqa 1500 ga yaqin yoshlarni qamrab oldi.
Musobaqaning qur’a tashlash marosimida mini futboldan tashqari yoshlar o’zlarining sport chiqishlarini ham namoyish etdilar.
Ko’taringki ruhda o’tkazilgan ochilish marosimida tuman hokimi A.Saparbayev, Davlat xavfsizlik xizmati Beruniy tuman bo’linmasi boshlig’i v.v.b O.Sanaev va qator mutasaddilar ishtirok etib, musobaqa oldidan yoshlarga omad tiladi.