Click to listen highlighted text!

“Faxriylar Kengashi” ning tashkiliy yig’ilishi bo’lib o’tdi

 

Yurtimizda yoshi ulug’ insonlar, mehnat faxriylariga alohida hurmat-ehtirom ko’rsatib kelinadi. Ularning hayotiy tajribalaridan saboq olish kelajagimiz egalari bo’lmish yoshlarimizning porloq kelajagini ta’minlashga xizmat qiladi. Darhaqiqat, yoshlar Vatanimiz kelajagining egalari, yoshi ulug’ faxriylar esa bugungi osuda, farovon va tinch hayot kechirishimizga bevosita xizmatlari singgan mo’tabar insonlardir.

IMG-2674

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-92-son hamda “Nuroniylarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-167-son Qarorlari keksa yoshdagi fuqarolarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to’la huquqli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, katta avlodning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko’p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirish maqsadida bir qator vazifalar belgilangan.

Ushbu Qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi huzurida uzoq yillar davomida davlat boshqaruvida samarali mehnat qilgan, davlatimiz rivojiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan tajribali davlat arboblari, nuroniy insonlardan iborat tarkibda jamoatchilik asosida “Faxriylar kengashi” tuzildi.

IMG-2689

 

 

 

Joriy yilning 1-aprel kuni Yoshlar markazida “Faxriylar kengashi”ning birinchi tashkiliy yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari Maxset Muxammedyarovich Tursinov hamda “Faxriylar kengashi”ning raisi Tursыnbay Abdijabbarov olib bordi. Yig’ilishda Kengash a’zolari “Faxriylar kengashi”ning nizomi bilan tanishtirildi, “Faxriylar kengashi”ning 2022 yilga mo’ljallangan ish-rejasi muhakama qilinib, tasdiqlandi. Shuningdek, kengash a’zolari tuman (shahar)larga biriktirilib, tuman (shahar)larda tuzilgan “Faxriylar kengash”larining tashkiliy yig’ilishlarini o’tkazish grafigi tasdiqlandi.
Yig’ilishda Faxriylar kengashining kelgusi faoliyatiga doir bir qator vazifalar belgilab olindi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!