Beruniy tumanida 3 ta tuman mas’ullari yig’ildi
Beruniy tumanida qator mas’ullar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Ta’lim-tarbiya jarayonida bo’layotgan yangiliklar, shuningdek, hamkorlikdagi ishlar samaradorligini oshirish borasida o’tkazilgan yig’ilishni Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o’rinbosari A.Daniyarov olib bordi.
Beruniy tumanida Ellikqal’a, To’rtkul, Beruniy tumani hokim o’rinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi, yoshlar yetakchilari, ijtimoiy soha rahbarlari bilan birgalikda mahallada boshlanib, respublika bosqichiga qadar davom etadigan besh bosqichli “Besh tashabbus” olimpiadasiga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha tegishli tashkilotlar bilan kelishgan holda tayyorgarliklarni ko’rish borasida tavsiyalar berildi.