Click to listen highlighted text!

Beruniyda yoshlar masalalarni kim o’rganmoqda?

Yoshlar masalalarini o’rganish, ularga amaliy yordam berish maqsadida hududlarda sayyor qabullar o’tkazilishi odatiy hol, albatta. Bugun sayyor qabullar orqali yoshlarning muammolari, murojaatlari ijobiy yechim topmoqda.

Shunday qabullardan biri Beruniy tumani 1-sektor hududiga kiruvchi “Oltinsoy” OFYda bo’lib o’tdi. Unda sektor mas’ullari, hududda istiqomat qiluvchi 20 nafardan ortiq faol va muammoli yoshlar ishtirok etdi.

Bundan tashqari qabul davomida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi boshlig’i Temur Matyakupov ham yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning muammo va takliflari bilan qiziqdi.

Qabul davomida yoshlar tomonidan 2 ta murojaat qilindi. Murojaatlar bo’yicha maslahatlar berildi va bajarilish muddatlari belgilandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!