Click to listen highlighted text!

Beruniyda yetakchilar birinchilik uchun bellashmoqda(mi?)

Yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular bilan yaqindan aloqa o’rnatish har bir yoshlar yetakchisi uchun ustuvor vazifadir. Bu borada yetakchilarning olib borayotgan faoliyatlarini e’tirof etmaslikning iloji yo’q. Bugun ular yoshlar hayotiga kirib borishda bir-biri bilan bellashayotgandek go’yo.

Jumladan Beruniy tumanida “Bunyodkor” MFY yetakchisi Akrom Karimov va “Abay” OFY yetakchisi Aqinbek Orinbayev tomonidan tashkil etilgan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostidagi yoshlar festivallari bir-biridan uzoq hududda bo’lib o’tgan bo’lsa ham, tashkil etilishi, foydaliligi jihatdan bir-birini to’ldirdi deyilsa, mubolag’a bo’lmaydi.

Kun davomida har ikkala hududda o’tkazilgan “Salomatlik uchun 5000 qadam” aksiyasi mini fudbol, stol tennisi, voleybol musobaqalari, tosh ko’tarish, kurash, arqon tortish singari milliy o’yinlar yoshlarning jismonan sog’lom bo’lib kamol topishlari uchun hissa qo’shishi shubhasiz.

Shuningdek, yoshlarning ma’naviy salohiyatlarini yuksaltirish, intellektual topqirligini oshirish maqsadida “Zakovat” turniri, shaxmat-shashka musobaqalari, qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo’lib o’tdi.

Bahor ko’rki bo’lgan “Sumalak sayllari” nafaqat, yoshlar, balki, aholining barcha qatlami uchun unutilmas sovg’a bo’ldi.

Ona tabiatni asrash, uning ko’kalamzorlashishi uchun yanada ko’proq hissa qo’shish maqsadida “Yashil makon” aksiyasi ham o’tkazildi. Aksiya doirasida 200 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko’chatlari o’tqazildi.

Kun davomida yoshlarga yuqori kayfiyat, bayramona ruh ulashgan tadbirlar ikkkala hududda ham estrada vakillari, san’akorlar ishtirokidagi gala-konsert bilan nihoyasiga yetdi. Beruniylik yetakchilar yoshlar hayotini yuksaltirishdagi samarali “musobaqa”larini hali ko’p davom ettirishni niyat qilganlar.

Skip to content Click to listen highlighted text!