Click to listen highlighted text!

”Yosh kitobxon”ning Qoraqalpog‘istonlik ilk finalchisi aniqlandi

Bugun ”Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovning 10-14 yosh toifasi bo‘yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi Nukus shahri Yoshlar markazida bo’lib o’tdi. Tanlovda ishtirokchilar 2 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

1-shart: “Badiiy asar bilimdoni”
2-shart:”Tezkor savol-javob” .

Yakunda:
1-o‘rin- Gulboyev Sohibjon Bekmurot o‘g‘li-63,3 ball. Nukus shahri
2-o‘rin-Kiyikbayeva Guljamal To‘remurat qizi-58,3 ball. Nukus shahri.
3-o‘rin-Jumabayeva Guldana Genjebay qizi-50 ball. Sho‘manay tumani.

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Tursinov ishtirokchilarni tabriklab, ularni maxsus sovg‘alar- noutbuk, planshet, telefon, kitoblar jamlanmasi, shuningdek, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.

Reportyor: Zafarbek Artiqbayev

Skip to content Click to listen highlighted text!