“Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagilar uchun kompyuter xarid qilish uchun kompensatsiya olish
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagilar uchun kompyuter xarid qilish uchun kompensatsiya olish
| Xizmat nomi | “Bir million dasturchi” loyihasini tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining bitiruvchilari uchun kompyuter xarid qilish bo‘yicha kredit foizlarini qoplab berish |
| Xizmat narxi | Bepul |
| Xizmat foydalanuvchilari | Ariza topshirish paytida o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar (16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan qonuniy vakil) |
| Xizmat ko‘rsatishning huquqiy asosi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 oktyabrdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi 617-son qarori |
| Xizmat ko‘rsatish muddati | 5 ish kuni |
| Bu qanday ishlaydi ? | 1) Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi; 2) Yoshlar ishlari agentligi 5 ish kun davomida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi; 3) Yoshlar ishlari agentligi tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda “Bir million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli tugatganligi haqidagi sertifikatga ega bo’lgan yoshlar kompyuter xaridi uchun shartnoma asosida ishlovchi do’kon topadilar; 4) Kredit rasmiylashtirish uchun AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB hamda AT “Aloqabank” laridan biriga murojaat qilishlari mumkin; *Banklar tomonidan talab qilinadigan hujjatlar: – Shaxsni tastiqlovchi hujjat(pasport); – Yoshlar ishlari agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma; – “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha o‘quv kurslarini tugatganligi yoki IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lganligi to‘grisidagi sertifikat nusxasi; – Vakil hamda uning tasdiqlovchi hujjat(pasport); – Kompyuter yoki noutbuk xaridi uchun do‘kon bilan tuzilgan shartnoma nusxasi. |
| Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar | Talab etilmaydi |
| Aloqa | +998 (71) 209-01-04 (304) |
| Xizmatdan foydalanish uchun | Havola |
2026-yil 12-mart holatiga ko’ra 
