Click to listen highlighted text!

Respublikamiz bo‘ylab “Obod yurt” eko-chellenjiga start berildi

Bugun Nukus shahrida “Obod yurt” eko-chellenjining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida yoshlar, o‘quvchi va talabalar, shuningdek, mahalla faollari hamda eko-volontyorlar keng ishtirok etishdi. Ishtirokchilar shahar hududlarini obodonlashtirish, tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.

Eko-chellenjning asosiy maqsadi — yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyatni oshirishdan iborat. Shuningdek, “Obod yurt” tashabbusi doirasida videoroliklar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi. Mazkur eko-chellenj butun respublika bo‘ylab yoshlar orasida katta shijoat bilan davom etmoqda.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!