Uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari ajratiladi
Joriy yilning 20 aprel kuni qabul qilingan 66-sonli Prezident farmoni bilan 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030» strategiyasi tasdiqlandi. (https://t.me/yoshlaragentligi/16486)
Farmonga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvardan quyidagi tartib joriy etiladi:
– Birlamchi bozordan (yangi qurilgan uylardan) kvartira sotib olish uchun ipoteka beriladi.
– Kredit foizining Markaziy bank stavkasidan yuqori qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.
– Unda er-xotin 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi va oxirgi 3 yilda nomida ko‘chmas mulk bo‘lmasligi shart.
