Qoraqalpog‘istonda «El-yurt umidi» jamg‘armasining targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Bugun «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqtidorli yoshlar uchun targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Tadbirning asosiy qismi Nukus davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi. Unda iqtidorli o‘quvchilar, talabalar, xorijiy til sertifikatiga ega yoshlar va yosh davlat xizmatchilari tuman va shahar hokimliklari orqali onlayn videokonferensiya aloqa shaklida ishtirok etdi. Uchrashuvlarda ishtirokchilarga xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada Jamg‘arma grantlari hisobidan bepul ta’lim olish, stipendiyalar, hujjat topshirish tartibi hamda tanlov shartlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 



