Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Mardlik maktabi» o‘quv yig‘inining 2026-yilgi 3-mavsumiga start berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Mardlik maktabi» o‘quv yig‘inining 2026-yilgi 3-mavsumiga start berildi
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, tadbirkorlik sirlarini o‘rgatish orqali hayotda o‘z yo‘lini topishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Shimoli-G‘arbiy harbiy okrugida «Mardlik maktabi» o‘quv yig‘inining 2026 yilgi 3-mavsumiga start berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tumanlaridan yig‘ilgan uyushmagan yoshlar dastlab Yoshlar markazida kutib olindi. Tashkilotchilar tomonidan o‘quv yig‘inining maqsadi, tartib-qoidalari tushuntirildi va yoshlar Shimoli-G‘arbiy harbiy okrugiga yo‘l oldi. O‘quv yig‘ini ishtirokchilari Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida tantanali kutib olindi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga maxsus kiyimlar topshirildi. Eslatib o‘tamiz o‘quv yig‘ini 10 kun davom etadi.


