«Uzbekistan Airways» va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Nukus shahridagi «Yoshlar markazi» binosida yoshlar va «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyati vakillari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. Ushbu uchrashuv kelajakda o‘z hayotini aviatsiya sohasi bilan bog‘lashni niyat qilgan yoshlar uchun muhim platformaga aylandi. Uchrashuv davomida uchuvchilarni tayyorlash tizimi, kadrlar siyosati, bortkuzatuvchi lavozimiga talabgor yoshlarga qo‘yiladigan talablar va ishga qabul qilish shartlari, aviatsiya xizmatlari haqida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga tajribali mutaxassislardan batafsil javoblar oldi.




