Click to listen highlighted text!

Volontyorlik tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

Muhtaram Prezidentimizning topshirig‘iga asosan joylarda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning tashabbus va takliflari tinglanmoqda.

6-8 oktyabr kunlari Mo‘ynoq tumanidagi «Oq kema» bolalar so‘rovnoma markazida «Islohotlar – yoshlar kelajagi uchun» shiori ostida volontyorlar uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

Bugun Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay Orinbayev markazga kelib, yoshlar bilan uchrashdi. Ularning takliflari, tashabbuslarini tinglab, yaqindan fikrlashdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur seminar muhtaram Prezidentimizning «Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030» strategiyasini tasdiqlash va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan bo‘lib, unda ishtirokchilar volontyorlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishdagi ahamiyati bilan yaqindan tanishmoqda.

Uchrashuv davomida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi yoshlar tomonidan ko‘tarilgan har qanday o‘rinli tashabbus qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

Skip to content Click to listen highlighted text!