Qoraqalpog‘istonda kulgi festivali bo‘lib o‘tdi
Nukus shahrida joylashgan Qoraqalpog‘iston san’at saroyi haqiqiy hazil-mutoyiba maydoniga aylandi. Bu yerda Quvnoqlar va zukkolar 2026 yilgi 5-mavsumning Oliy va Premer-liga uchun saralash bellashuvlari boshlandi.
Qizg‘in kechgan bellashuvlarda ishtirokchi jamoalar o‘zlarining mahoratli chiqishlari, qiziqarli sahna ko‘rinishlari orqali yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ushbu saralash bosqichlari Respublika miqyosida 25-sentyabrga qadar davom etadi.
Uning yakuniy natijalariga ko‘ra, eng munosib jamoalar Oliy liga va Premer liga yo‘llanmalarini qo‘lga kiritadi. Barcha ishtirokchi jamoalarga omad tilaymiz va kelgusi bellashuvlarda mavsum chempionligini qo‘lga kiritishini tilab qolamiz.
