“Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovining To’rtko’l tumani bosqichi bo’lib o’tdi
To’rtko’l tumani Madaniyat saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tuman sektorlari hududlarida gʻolib boʻlgan jamoalar oʻz chiqishlari orqali turmushdagi muammo va kamchiliklarni qiziqarli mavzular orqali yengil kulgi ostida sahnada mahorat bilan ijro etishdi. Shartlar davomida jamoalar topqirligi, zukkoligi bilan bir biridan yaxshi dasturlarni namoyish qildilar.
Tanlovning tuman bosqichi yakunida:
Navoiy MFY jamoasi 3oʻrin;
Ullubogʻ OFY jamoasi 2-oʻrin;
Paxtachi OFY jamoasi 1-oʻrinni egallab, keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Gʻolib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.