Click to listen highlighted text!

«O‘zbekiston Respublikasi DXX raisi kubogi» Amudaryo tuman bosqichining g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

30-aprel kuni Amudaryo tumani Do‘stlik mahallasi hududidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabining sport maydonchasida Futbol va Mini futbol bo‘yicha «O‘zbekiston Respublikasi DXX raisi kubogi» Amudaryo tuman bosqichida faxrli 🥇🥈🥉o‘rinlarni qo‘lga kiritgan mahallalar jamoalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, sektorlar rahbarlari, DXX tuman boʻlimi boshligʻi, sportchi yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Musobaqalarning final bosqichi yakunlariga koʻra
Mini futbol dan
🥇Bo‘ston MFY
🥈Kuyuk ko‘pir OFY
🥉Farovon MFY

Futbol dan
🥇Xolimbeg OFY
🥈 To‘lqin OFY
🥉Qizilcholi MFY
jamoalari qoʻlga kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlarga diplomlar, sport jihozlari, sport kiyimlari, velosipedlar, stol tennisi va boshqa qimmatbaho sovgʻalar tantanali tarzda topshirildi.

Marosim yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tumanimiz estrada xonandalari ishtirokida konsert dasturi namoyish qilindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!