Click to listen highlighted text!

Amudaryoda IIB va yoshlar uchrashdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o’tkazilgan uchrashuvdagi berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Xitoy ovul fuqarolar yig’inida joylashgan №85-sonli umumta’lim maktabi binosida 30 nafar faol va muammoli yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Yig’ilishni Amudaryo tumani Ichki ishlar bo’lim boshlig’i U.B.Xudayberganov ochib berdi hamda yig’ilganlarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirib o’tdi. Kun tartibida keltirilgan masala bo’yicha o’z nutqida mamlakatimizda yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar haqida to’xtalib, yoshlarni o’qib bilim olishga, jinoyatchilikga moil bo’lgan yoshlarga sira qo’shilmaslikga, uni o’rniga yaxshi ish topib oilasiga qo’shimcha daromad kelitrishlariga shijoat bilan olg’a intilishga hamda Vatan xizmatiga yaraydigan munosib farzand bo’lishga da’vat qildi. “Erishgan yutuqlarimiz o’zimizniki, biz xato va kamchiliklarni o’rganib, ularni bartaraf qilishga harakat qilmog’imiz kerak!” – degan fikrni barchamiz hayotiy shior qilib olishimiz kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, bilimga chanqoq, izlanuvchan tumanimiz yoshlari haqida o’zining samimiy fikr mulohazlarini bildirdi.
Shundan so’ng so’z O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq Qabulxonasi mudiri E.Rajabovga berildi. Ma’ruzachi o’z so’zida hozirgi kunda tumanimizda yoshlar, maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasida jinoyatchilikni ko’payaib borayotganligi hamda ushbu jinoyatchilikni olidini olishga karatilgan mavzular yuzasidan so’z yuritib o’tdi.


Biz buyuk ajdodlar farzandi ekanligimizni, har birimiz ilm-fan cho’qqilarini egallab, ularga munosib avlod bo’lishimiz lozimligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida ilm-ma’rifatning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi fikrlariga to’xtalib, bularning barchasi isbot talab qilmaydigan haqiqat ekanligini e’tirof etdi. Shundan so’ng yig’ilish ishtirokchilari va yoshlarning muammolari va takliflari atroflicha tinglandi.
So’zga Xitoy ovul fuqarolar yig’ini hududida yashovchi fuqaro Ismoilov Shahzod va Bozarboyeva Gulnoralar to’lov kantraktini qoplab berishda amaliy yordam so’rab murojat qildi. So’zga Xitoy ovul fuqarolar yig’ini hududida yashovchi fuqaro Kenjayev Yunus qishloq xo’jaligi yer maydonlaridan 0.25 ga yer ajratilishida amaliy yordam so’rab murojaat qildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!