To‘rtko‘lda vatanparvarlar bellashdi
14-yanvar- Vatan himoyachilari kuni, Vatanparvarlik oyligi munosabati bilan To‘rtko‘l tumanida sportning kamondan o‘q otish turi bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi.
To‘rtko‘l tuman Turizm va sport bo‘limi, tuman mudofaa bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limlari hamrohligida tashkil etilgan musobaqada 50 dan ortiq sportchilar qatnashdi.
Musobaqa g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.