Amudaryo tumani Xitoy OFY da “Yoshlar sayli” bo‘lib o‘tdi
Yurtimizga bahor fasli kirib keldi. Bahorning ilk kunlarida, 10-mart kuni tumanimizning Xitoy OFY hududida, “Yoshlar sayli” o‘tkazildi.
Saylda, ovul yoshlari, nuroniylari, ayol-qizlari faol qatnashdi.
Erta tongdan, Sog‘lom turmush tarzini ommaviy targ‘ib qilish maqsadida, “Salomatlik uchun 5000 qadam” aksiyasi o‘tkazildi.
Asosiy tadbirlar, ovuldagi 85-sonli maktabda o‘tkazildi.
Konsert dasturi bir kun oldin pishirilgan, Bahorning sevimli taomi Sumalak ovul yoshlari hamda mehmonlarga tarqatildi.
Konsert dasturida, Robototexnika, rassomchilik, to‘qimachilik, kashtachilik kabi qo‘l mehnati evaziga ishlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni sportga qiziqtirish maqsadida, ovulda futbol, Voleybol, Stol tennisi, Shaxmat-shashka sport turlaridan o‘zaro bellashdilar.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhidagi “Shunqorlar” harbiy chiqishi o‘tkazildi.