Click to listen highlighted text!

Boʻzatov FEST — Yoshlar ovozi festivalining ochilish marosimi haqiqiy bayramga aylanib ketdi (video)

Boʻzatov iqtidorlarni kashf etadi. Ana shu shior ostida tashkil etilgan Boʻzatov FEST — Yoshlar ovozi festivali respublika final bosqichining tantanali ochilish marosimi Nukus shahridagi markaziy amfiteatrda koʻtaringki ruhda boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi Raisi Amanbay Oʻrinbayev yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga toʻxtalib oʻtdi.

Bundan soʻng Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Dilnoza Kattaxonova «Yoshlar ovozi» tanlovining ahamiyati, joriy yilda koʻzga tashlanayotgan yangiliklar haqida nutq qildi.

Oʻzbek va qoraqalpoq estrada yulduzlari ishtirokida tashkil etilgan gala-konsert nafaqat tanlov ishtirokchilari va ularning yaqinlari, balki, Nukus shahri aholisi uchun ham kechaning haqiqiy bayramga aylanishiga sababchi boʻldi.

Konsert yakunida tashkil etilgan mushakbozlik ochilish marosimining kulminatsiyasi boʻldi.

Skip to content Click to listen highlighted text!