Qoraqalpogʻiston tarixida ilk bora “DIGITAL FORUM KARAKALPAKSTAN-2024” forumi oʻtkazildi
O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan Nukus shahrida “DIGITAL FORUM KARAKALPAKSTAN-2024” forumi oʻtkazildi. Forumni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi A.Orınbayev chiqish soʻzi bilan ochib berdi.
Forum doirasida startap loyihalar, innovatsion gʻoya egalari, hunarmandlar oʻz koʻrgazmalarini namoyish etdilar. Shu bilan birga “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida oʻqitishni yoʻlga qoʻygan oʻquv markazlari ham oʻz koʻrgazmalarini amalga oshirdilar.
Qoraqalpogʻiston tarixida ilk bora oʻtkazilgan forumda IT va startaplar boʻyicha oʻz oʻrniga ega spikerlar tomonidan onlayn va oflayn formatda suhbatlar, mahorat darslari tashkil etildi. Forumda ishtirok etgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari bitiruvchilari, professional oʻquv muassasalari bitiruvchilari va sohaga qiziquvchi yoshlar oʻz savollariga javob oldilar.
Umumiy hisobda forumga 5000 dan ortiq yoshlar qamrab olindi.