To’rtko’llik yetakchilarga sport va musiqiy jihozlar topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-92 son qaror ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishda fidoyilik ko‘rsatgan bir nechta yoshlar yetakchilariga va Sho‘roxon OFY, Shodlik MFY, Navoiy MFY, Ullibog‘ OFY yoshlariga “Yoshlar oyligi” doirasida sport anjomlari va milliy cholg‘u asboblari tarqatildi.

