Click to listen highlighted text!

Ellikqal’ada bolalarga sovg’alar ulashildi

#1_iyun

⚡️1-iyun XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI munosabati bilan  Yoshlar ishlari agentligi Ellikqal’a tuman bo‘limi boshlig‘i A.Xudayberganov Navoiy OFYda joylashgan 11-sonli Maktabgacha ta‘lim tashkilotida bo‘lib, bolajonlarga bayram tabrigi va sovg‘a-salomlar ulashdi.

Aslida o‘sib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish zamirida hayotni, uning davomiyligini asrab-avaylash mohiyati yotadi. Ular to‘g‘risidagi har qanday g‘amxo‘rlik esa yurt ravnaqi uchun qo‘yilayotgan mustahkam poydevor demakdir. Donishmandlardan biri “Millatning kelajagini bolalariga qarab anglash mumkin”, degan edi. Bugun ertamiz egalariga ko‘rsatilayotgan e’tibor kelajakda ularning Vataniga sadoqatli, jismonan va ma’nan barkamol bo‘lib etishishida muhim omil hisoblanadi.

Skip to content Click to listen highlighted text!