Beruniyda “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” ning sektor bosqichi yakunlandi
Beruniy tumanida sportning shaxmat turi bo’yicha o’tkazilayotgan “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” musobaqasining sektor bosqichi bo’lib o’tdi.

Sektor bosqichida 1-sektor “Guliston” MFYda o’tkazilib, unda 30 nafar ishtirokchi, 2-sektor “Lolazor” MFYda 11-maktabda o’tkazilib, 30 nafar qatnashchi, 3-sektor “Mahtumquli” OFYda o’tkazilib, 27 nafar yoshlar, 4-sektor “Shabboz” MFYda o’tkazilib 33 nafar yoshlar ishtirok qilishdi va ha bir sektordan 3 nafar jami 12 nafar yoshlar tuman bosqichiga yo’llanma olishdi.
