Click to listen highlighted text!

NDKINFDA KITOBXONLIK HAFTALIGI DOIRASIDA

KITOBXONLIK HAFTALIGI DOIRASIDA

Yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishini uyg’otish, ma’naviyatini yuksaltirish, san’at va sportga jalb etish masalalari bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylandi. Bu borada muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish“ bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish ahamiyatlidir.Ushbu tashabbusning To’rtinchi tashabbusi – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan bo’lib, joylarda turli kitobxonlik tadbirlari o’tkazilmoqda.

Shu jumladan, Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali axborot-resurs markazida ham tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. Xususan, bugun 22-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida «Kitobsevar millat” shiori ostida adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirni kirish so‘zi bilan Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari K.Yusupov ochib berdi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarining badiiy-musiqiy chiqishlari hamda sahna ko`rinishlarini namoyish etdilar.

Tadbirda filialimiz professor-oqituvchilari, bo‘lim xodimlari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

     


Manba
: Filial Matbuot xizmati.

Перейти к содержимому Click to listen highlighted text!