Qoraqalpog’istonlik “Yosh chegarachilar” kimlar?
22-aprel kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi chegara oldi hududlarda yashovchi aholi va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini yanada takomillashtirish, mavjud muammo va takliflarni o’rganib, ularga amaliy yordam ko’rsatish, madaniy tadbirlarni o’tkazish, yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning kelib chiqishini oldini olishga ko’maklashish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bo’linmasi, Respublika xalq ta’lim vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasida joylashgan DXX Chegara qo’shinlariga qarashli 9202-sonli harbiy qismlar hamkorligida “Yosh chegarachilar” harbiy sport musobaqasi bo’lib o’tdi.
Harbiy musobaqada Qoraqalpog’iston Respublikasidan 6 ta jamoa o’z tumanlarining sharafini himoya qildi. Musobaqa yakunida Taxtako’pir tumanining 18-umumta’lim maktabining “Qalqon” jamoasi birinchi o’rinni qo’lga kiritib, Respublika bosqichiga yo’llanma olishdi.