Ichki ishlar xodimlari orasida “Zukko kitobxon”lar aniqlandi
Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda 2022-yil 21-aprel kuni “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ichki ishlar xodimlari oʻrtasida “Zukko kitobxon” intellektual oʻyinining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi Nukus shahridagi Yoshlar Markazida boʻlib oʻtdi!
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini oshirib borish maqsadida “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Murosasiz va hayajonga boy oʻtgan “Zukko kitobxon” intellektual oʻyinida 1-oʻrinni Kegeyli IIB jamoasi, 2-oʻrinni Yo’l harakati xavfsizlik xizmatining “Yo’l posbonlari” jamoasi va 3-oʻrinni IIV Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi “Aral” jamoasi egallashdi. Gʻolib jamoalar boshqarma boshligʻining qimmatbaho sovgʻalari hamda kitoblar toʻplami bilan taqdirlandilar.