Click to listen highlighted text!

“Yoshlar ovozi”ning shahar, tuman bosqichi start oldi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2022 yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpogʼiston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʼyicha Respublika komissiyasining 2022 yil 17 mart kungi yigʼilish bayoni asosan tumanimizda yoshlarni boʼsh vaqtini maʼzmunli tashkil etish maqsadida besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi”ga start berildi.
Besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” oʼtkazish uchun tasdiqlangan nizom asosida mahalladagi koʼchalar oʼrtasida musobaqalarning “Mahalla” bosqichi, sektor bosqichi va tuman bosqichlaring rejalari ishlab chiqildi.
Belgilangan rejaga asosan joriy yilning 4-5 aprel kunlari mahalladagi istedodli yoshlarni aniqlash maqsadida “Yoshlar ovozi” tanlovining mahalla bosqichi oʼtkazildi. 10-15 yosh, 16-22 yosh, 23-30 yosh toifasi, baxshichilik, anʼanaviy ijro, opera, estrada yoʼnalishlari boʼyicha 400 nafardan ortiq yoshlar mahalla bosqichida ishtirok etishdi. 8-9 aprel kunlar sektor bosqichlari juda koʼtarinki va saviyali tusda oʼtkaziladi va eng istedodli yoshlar aniqlani 48 nafar yoshlar tuman bosqichga yoʼllanmani qoʼlga kiritdi.
Yoshlar ovozi tanlovining tuman bosqichi joriy yilning 14-aprel tuman markazidagi madaniyat saroyida oʼtkazildi.
Tanlovni tuman hokimi S.Аvezov ochib berdi va yosh iqtidorli yoshlarimizni izlab topishda mazkur tanlovning ahamiyati beqiyos katta ekanligini taʼkidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.
Baxshichilik, anʼanaviy ijro, opera va estrada boʼyicha 48 nafar ishtirokchi oʼz isteʼdodlarini namoyon qilish maqsadida sahnaga chiqishdi. Judayam koʼtarinki, quvnoq va tomoshabob oʼtgan tanlovda gʼoliblar quydagicha aniqlandi.


10-15 yosh toifasida anʼanaviy ijro yoʼnalishida: Roʼzimbetov Joʼshqin
10-15 yosh toifasida baxshichilik yoʼnalishida: Jumanazarov Bunyod
10-15 yosh toifasida estrada yoʼnalishidan: Kurbanbaev Behruz
16-22 yosh toifasida anʼanaviy ijro yoʼnalishida: Komiljanov Soyibjon
16-22 yosh toifasida baxshichilik yoʼnalishidan: Umarova Mexribon
16-22 yosh toifasida estrada yoʼnalishidan: Matyakubova Sevara
16-22 yosh toifasida opera yoʼnalishidan: Yusupov Jandos
23-30 yosh toifasida anʼanaviy ijro yoʼnalishida: Аbdullaev Shukurulla
23-30 yosh toifasida baxshichilik yoʼnalishidan: Аbdullaev Elbek
23-30 yosh toifasida estrada yoʼnalishidan: Usmanov Elyor
Yoʼqorida nomi keltirilgan yosh sanʼatkorlar “Yoshlar ovozi” tanlovining hududiy bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdi.

Mahalla yoshlarida jismoniy tarbiya va sportga boʼlgan qiziqishini oshirish, jamiyatga sogʼlom turmish tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va koʼnikmalarni rivojlantirish, sport turlari boʼyicha mamlakat terma jamoalariga sport zahirasini tayyorlash, yoshlarni sport mashgʼulotlariga uzliksiz jalb qilish maqsadida joriy yilning 5-aprel kuni sportning futbol va mini futbol turlari boʼyicha DXX kubogiga start berildi. Tumandagi 37 mahallalardan futbol va mini futbol turlari boʼyicha 74 jamoa shakillantirildi 800 nafar yoshlar jalb qilindi. Hozirgi kunda DXX kubogining saralash bosqichlari oʼtkazilmoqda.
Besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi”ning qolgan yoʼnalishlarini yoʼqori saviyada tashkil etish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Skip to content Click to listen highlighted text!