«Vatanparvarlar» harbiy-sport musobaqasining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi bo’lib o’tdi
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va qator tashkilotlar hamkorligida o’tkazilgan musobaqada 17 ta shahar-tuman jamoalari ishtirok etgan bo’lib, unda 200 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Saf qo’shig’i, Nishonga olish, tibbiy yordam, estafeta va «Temur tuzuklari bilimdoni» shartlari bo’yicha bellashib g’olib bo’lgan jamoalar diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.