Click to listen highlighted text!

“Yoshlar ovozini” Nukusdan tinglang

Bugun hududlarda “Yoshlar ovozi” festivalining mahalla saralash bosqichlari bo’lib o’tmoqda. Tanlovga yoshlarni yanada ko’proq qamrab olish, hududlardan yangi iste’dodlarni yanada yaxshiroq kash etish maqsadida o’tkazilayotgan tanlov Nukus shahridagi mahallalarda ham bo’lib o’tdi.

Nukus shahridagi 31 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida tanlovning mahalla bosqichi tashkil etilgan bo’lib, unda 1000 ga yaqin yoshlar o’z kuchini sinadi.

Iste’dodini to’liq namoyish eta olgan, o’ziga xos ijro bilan ajralib turgan ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!