Amudaryo IIB boʻlimida 39 nafar yoshlarni nega yigʻishdi?
25- mart kuni Аmudaryo tumani IIB boʼlimining katta majlislar zalida jami 39 nafar Probatsiya hisobidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ichki ishlar organlarining probatsiya xizmati boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, Bandlik va mehnat munosabatlari, Sogʼliqni saqlash, Xalq taʼlimi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirliklari, ularning quyi boʼgʼinlari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamgʼarmasi, Xotin-qizlar qoʼmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlik ishlarni olib borishadi – deydi, tuman IIB boshligʼining oʼrinbosari jamoat xavfsizligi xizmati boshligʼi M.Raxmatullaev.
Probatsiya xizmati – sud hukmi yoki ajrimi bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʼliq boʼlmagan jazolarga hukm qilingan shaxslar tomonidan jazo ijro etilishini taʼminlaydi, – deydi Аmudaryo tumani prokurori katta yordamchisi 3-darajali yurist Аbboz Niyazimbetov.
Eng muhimi, mazkur shaxslarning ijtimoiy moslashuviga, oʼqish va ishga joylashishiga hamda ularga huquqiy va psixologik yordam koʼrsatilishiga koʼmaklashadi.
Shu bilan birga, nazoratdagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Maʼlumot oʻrnida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi qarori bilan Ichki ishlar vazirligida jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzurida Probatsiya xizmati tashkil etilgan edi.