Click to listen highlighted text!

Amudaryo hokimi nechta yoshning muammosini tingladi?

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 27 dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o’tkazilgan uchrashuvdagi berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Amudaryo tumani “Daryo bo’yi” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi №21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining majlislar zalida jami 28 nafar faol va muammoli yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Yig’ilishni Amudaryo tumani hokimi S.Yo’ldashev ochib berdi hamda yig’ilganlarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirib o’tdi. Kun tartibida keltirilgan masala bo’yicha o’z nutqida mamlakatimizda yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar haqida to’xtalib, yoshlarni o’qib bilim olishga, shijoat bilan olg’a intilishga hamda Vatan xizmatiga yaraydigan munosib farzand bo’lishga da’vat qildi. Shuningdek, bilimga chanqoq, izlanuvchan tuman yoshlari haqida o’zining samimiy fikr-mulohazlarini bildirdi.

Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri E.Rajabovga so’z berildi. Ma’ruzachi o’z so’zida hozirgi kunda tumanda yoshlar, maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlari mavzusida o’z bilim va ko’nikmalarini hamda yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar oldini olish maqsadida tashkil qilinayotgan uchrashuvda tumanimiz yoshlariga bo’sh vaqtlarini ko’proq qitob o’qib bilim olishlarini tavsiya etdi.

Biz buyuk ajdodlar farzandi ekanligimizni, har birimiz ilm-fan cho’qqilarini egallab, ularga munosib avlod bo’lishimiz lozim, deya alohida ta’kidladi. Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida ilm-ma’rifatning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi fikrlariga to’xtalib, bularning barchasi isbot talab qilmaydigan haqiqat ekanligini e’tirof etdi.

Shundan so’ng yig’ilish ishtirokchilari va yoshlarning muammolari va takliflari atroflicha tinglandi.
So’zga “Daryo bo’yi” mahalla fuqarolar yig’ini hududida yashovchi fuqaro Qurbonboyev Oybek Bahrom o’g’li subsidiya asosida asbob-uskuna (svarka apparatini) olib berish bo’yicha amaliy yordam so’rab murojaat qildi.
Hududning yana bir fuqarosi Ochilova Nazokat Ulug’bek qizi, Raximova Malika Bekbergan qizilar subsidiya asosida asbob-uskuna (tikuv mashinasini) olib berish bo’yicha amaliy yordam so’rab murojaat qildi.

Murojaatlar yo’nalishlar bo’yicha tashkilotlarga yo’naltirilib, bajarilish muddatlari belgilandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!