Click to listen highlighted text!

Beruniylik yaxshilardan bog’ qoladi

Yaxshilik qilish orqali insonlarga ertanggi kun uchun umid berish ulug’ fazilat. Buyuklar aytganidek, yaxshi ishni har kim har kuni qilishi kerak.

Yaxshilik karvonini o’z hududidan boshlash borasida Beruniy tumani “Beruniy” OFy yoshlar yetakchisi Nuraddin Kamalov boshchiligidagi yoshlar ko’pchilikka ibrat.

Yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan hududda istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo’qotgan onaxon- Guljamol Xo’jabayevaga 200 tup mevali daraxtdan iborat bog’ yaratib berildi.

Yaxshilik bog’ining bunyod bo’lishiga Yoshlar ishlari agentligi Beruniy tumani bo’limi boshlig’i Temur Matyakupov va qator ko’ngilli yoshlar o’z hissasini qo’shdi.

“Bir martalik moddiy ko’makdan ko’ra, ertasi bor, kelajakda ham foydasi tegadigan yaxshilik qilish foydaliroq deb o’ylaymiz”,- deydi yoshlar yetakchisi Nuraddin Kamalov

Hududning oldingi holati

hududning keyingi holati

Skip to content Click to listen highlighted text!