“Xivaga sayohat” tekinga tushdi
Ellikqal’a tumani “Sharq Yulduzi” OFY yoshlar yetakchisi Sh.Rajapbayev tashabbusi bilan mahallada yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish va rag’batlantirish maqsadida kreativ yondashuv.
Yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan yoshlar o’rtasida turli xil sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. Eʼtiborlisi, ushbu tadbirlar va sport musobaqalarida faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo’lga kiritgan yoshlarni rag’batlantirish maqsadida, 2-sektor rahbari, tuman Prokurori Sh.Matyakubov hamkorligida Xiva shahriga bir kunlik sayohat uyushtirish rejalashtirilgan.
Kuni kecha yoshlar o’rtasida bir qator sport musobaqalari o’tkazildi. Jumladan 2 va 3 kmga yugurish marafonlari va shaxmat-shashka musobaqalari o’tkazildi. Ushbu musobaqalarda yuqori o’rinlarni qo’lga kiritgan o’g’il qizlar Xiva shahriga sayohat qilish ushun yo’llanmani qo’lga kiritdi.