Click to listen highlighted text!

Nukuslik yoshlar va milliy gvardiya xodimlari bellashdi, g’olib kim?

Yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularga bayram oldidan bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Nukus shahar 1-sektori hududidagi 15 mahalla yetakchilari tashabbusi bilan «Navbahor» MFY hududida  «Qadriyat, urf-odat, an’ana- yoshlar sayli», «Navro’z festivali» bo’lib o’tdi.

Tadbirlar Milliy kiyim va buyumlar ko’rgazmasi bilan start oldi. Ushbu ko’rgazmada Nukus shahri hokimi Utemurat Panayev , Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi boshlig’i Ikram Abdikalikov ham ishtirok etib, qatnashchilarni sovg’alar bilan taqdirladi.

Shuningdek, kun davomida arqon tortish, varrak uchirish, tosh ko’tarish, xo’roz urishtirish milliy o’yinlari, kurash, shaxmat-shashka, stol tennisi musobaqalari bo’lib o’tdi. Arqon tortish musobaqasida yoshlar bilan Milliy gvardiya xodimlar ham kuch sinashdi. Shijoatga to’la «Qizilqum» mahallasi yoshlari g’oliblik qo’ldan bergani yo’q.

Bundan tashqari, «Navro’z sayli» doirasida «Aqjag’is» madaniyat markazi xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Jo’shqin kuy-qo’shiqlar yig’ilganlarga ko’taringki kayfiyat hadya etdi.

Yoshlarning taklif va istaklaridan kelib chiqqan holda tashkil etilgan ushbu tadbirlarga jami hisobda 1500 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Bugun yoshlarning bo’sh vaqti yetakchining ish vaqtiga aylanmoqda. Bo’sh vaqtning mazmunli o’tishi yoshlarning kelajaklari farovon bo’lishiga xizmat qiladi.

Reportyor: Zafarbek Artiqbayev

Skip to content Click to listen highlighted text!