Click to listen highlighted text!

Beruniyda “Amir Temur” yoshlarni “jamladi”

 

Beruniy tumani “Amir Temur” mahallasida yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yoshlar festivali o’tkazildi.

Festival doirasidagi dastlabki tadbirlar- “Salomatlik uchun 5000 qadam” yurish marafoni, velopoygachilar musobaqasi, ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari tarixiy al-Fir qal’asi oldida bo’lib o’tdi. Shuningdek, yoshlar uchun ushbu tarixiy obyektga sayohat ham uyushtirildi.

Yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg’ularini shakllanyirish maqsadida “Men ham askar bo’laman” shiori ostida harbiy va sport chiqishlari, qurollar ko’rgazmalari tashkil etildi.

 

Yurtimiz ertasi bo’lgan yoshlarni jismonan sog’lom qilib tarbiyalashni nazarda tutgan holda yoshlar o’rtasida armrestling, tosh ko’tarish, arqon tortish, kamondan o’q otish, qizlar o’rtasida arqondan sakrash musobaqalari, shaxmat sport turi bo’yicha “Yoshlar sport taxtasi”, voleybol bo’yicha “Ichki ishlar sovrini”, stol tennisi musobaqalari bo’lib o’tdi.

 

Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni rag’batlantirish borasida “Yosh musavvirlar” tanlovi, “Zakovat” intellektual turniri yoshlar orasida yangi iste’dodlarni kashf etdi.

 

Shuningdek, hududdagi 1-maktabda “Mohir qo’llar” va “Milliy taomlar” ko’rgazmalari bilan bir qatorda o’quvchilarning “Navro’z” bayramiga bag’ishlangan chiqishlari yig’ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

 

Kun davomida yoshlarga bayramona kayfiyat ulashgan tadbirlar estrada vakillari va san’atkorlar ishtirokidagi gala-konsert bilan o’z yakuniga yetdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!