7 ta murojaat, 3 ta yechim. To‘rtko‘ldagi qabul tafsilotlari
Yoshlar muammolarini o‘rganish maqsadida To‘rtko‘l tumanida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda 4-sektor rahbari A.Abdalov, hokim yordamchisi Sh.Saburov, bir qator mutasaddilar va yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida aholi, xususan, yoshlar tomonidan 7 ta murojaat qilingan bo‘lib, shulardan 3 tasi joyida hal qilindi.
Shuningdek, bir nafar yosh o‘quv markaziga o‘qishga yo‘naltirildi,yana bir nafari o‘zini-o‘zi band qilishi uchun amaliy yordam sifatida inkubator uskunasi berilishi belgilab olindi.
Reportyor: Zafarbek Artiqbayev