Ellikqal’ada ”Prokuror va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Yoshlarning taklif va muammolarini o‘rganish maqsadida Ellikqal’a tumani Aqchako‘l OFY hududida ”Prokuror va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosari B.Alimov, tuman prokurori Sh.Matyakubov, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i A.Xudaybergenov, Aqchako’l OFY hokim yordamchisi E.Tajiyev, qator mutasaddilar va yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va muammolarga shu joyning o‘zida yechimlar topildi.
Reportyor: Zafarbek Artiqbayev